Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandga «Madaniy turizmning xalqaro poytaxti» maqomi beriladi
UNWTO Bosh Assambleyasi 25-sessiyasi doirasida Samarqandga «Madaniy turizmning xalqaro poytaxti» maqomini berish to‘g‘risida deklaratsiya qabul qilindi.
Samarqandda o‘tayotgan Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasining yubiley 25-sessiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida Samarqandga «Madaniy turizmning xalqaro poytaxti» maqomini berish to‘g‘risida deklaratsiya hamda Xalqaro turizm akademiyasini tashkil etish to‘g‘risida bitim qabul qilindi.
Hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov va UNWTO bosh kotibi Zurabi Pololikashvili tomonidan imzolandi.
Avvalroq, UNWTO Bosh Assambleyasining 25-yubiley sessiyasining ochilish marosimida so‘zlagan nutqida Samarqand shahrini Madaniy turizmning xalqaro poytaxti deb e’lon qilish to‘g‘risidagi tashabbus O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgani haqida xabar bergan edik.
«Bu yuksak maqom asrlar bo‘yi o‘z tarovati va beqiyos merosini bezavol saqlab kelayotgan, bag‘rikengligi va mehmondo‘stligi bilan butun dunyoda shuhrat qozongan Samarqandning mo‘tabar nomiga har tomonlama munosib bo‘lar edi», — degan edi Sh.Mirziyoyev.
Mavzuga oid
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
17:45 / 05.06.2026
“AQShga murojaatingizdan xursandmiz” - Sherdor restavratsiyasiga 500 ming dollar ajratildi
17:36 / 05.06.2026
Saida Mirziyoyeva UNEP va GEF rahbariyati bilan uchrashdi
18:49 / 04.06.2026