Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda hashamatli sayyohlik poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Luxury Train Cruising poyezdi dunyo sayyohlariga Samarqand, Buxoro va Xiva kabi tarixiy shaharlariga borish imkonini beradi.
2026 yildan boshlab, O‘zbekistonning tarixiy shaharlari bo‘ylab harakatlanadigan hashamatli Luxury Train Cruising poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» xabar berdi.
Qayd qilinishicha, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ va Italiyaning «Arsenale Group S.P.A.» kompaniyasi o‘rtasida shu mazmundagi memorandum imzolangan. Ikkala tomon ham loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga va uning O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish uchun muhimligiga ishonch bildirgani aytilmoqda.
Luxury Train Cruising poyezdi dunyo sayyohlariga Samarqand, Buxoro va Xiva kabi tarixiy shaharlariga borish imkonini beradi. Poyezd yo‘lovchilarga sayohat paytida maksimal qulaylikni ta’minlash uchun zamonaviy jihozlangan bo‘ladi.
Qo‘shimcha qilinishicha, loyiha Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ko‘magida amalga oshirilmoqda.
Mavzuga oid
11:00 / 10.06.2026
O‘zbekiston sayyohlar oqimi o‘sishi bo‘yicha dunyo yetakchilari qatoriga kirdi
18:02 / 27.04.2026
Kyurasao banknotasi 2025 yilda dunyodagi eng yaxshisi deb topildi
14:41 / 20.03.2026
Turizm sohasi ishtirokchilariga yangi imtiyozlar beriladi
21:36 / 19.03.2026