Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda hovlisida bir tonna kannabis yetishtirayotgan shaxs ushlandi
Giyohvand o‘simliklarning bir qismi quritilgan, qolgani o‘sib turgan holda bo‘lgan.
2023 yil 8 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati Nishon tumani IIB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, ushbu tumandagi mahallalardan birida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Bu haqda “O‘zbekiston-24” telekanalida berilgan lavhada ma’lum qilingan.
Tadbirda tezkor-tergov guruhi tomonidan fuqarolardan birining hovlisi ko‘zdan kechirilganda u yerda o‘sib turgan 574 tup kannabis giyohvandlik o‘simligi borligi aniqlangan.
Bundan tashqari, fuqaro uyining tomida 51,9 kg quritilgan marixuana giyohvandlik o‘simligini saqlab kelayotgani ma’lum bo‘lgan.
Olingan giyohvand o‘simliklar taroziga qo‘yilganda sof og‘irligi bir tonnadan oshiq chiqqan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 2-qismi “v” bandi va 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Mavzuga oid
10:08 / 14.03.2026
Qashqadaryodagi “Santa-Barbara”: adolat izlagan dehqonning 7 yillik sarguzashtlari
14:54 / 25.10.2025
“Gul deb o‘ylabman” – Urgutda tomorqasida 229 tup kannabis yetishtirgan ayol ozodlikdan mahrum qilindi
21:03 / 31.08.2024
Singapurda erkak xotini bilan ajrashish uchun uning mashinasiga kannabis tashlab qo‘ygani aniqlandi
13:40 / 11.08.2024