O‘zbekiston | 15:45 / 19.10.2023
19618
1 daqiqa o‘qiladi

Dilshod Rahimov yangi lavozimga tayinlandi

Dilshod Rahimov Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktoriga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi. U bungacha Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i edi.

Foto: Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

O‘zbekiston prezidentining tegishli qarori bilan Dilshod Faxriyevich Rahimov O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar qildi.

Dilshod Rahimov 1978 yilda tug‘ilgan. 2002 yil Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. 2010 yildan Bosh prokuratura huzuridagi departamentda, Departament organlarida turli lavozimlarda, 2012 yildan Bosh prokuratura bo‘lim prokurori, katta prokurori, boshqarma katta prokurori, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2019 yil yanvaridan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i lavozimida ish boshlagandi.

Bundan oldinroq uning o‘rniga Shamsiddin Sohibnazarov mazkur departament rahbari etib tayinlangani xabar qilingandi.

Mavzuga oid