Özbekiston prezidentining tegişli qarori bilan Dilşod Faxriyeviç Rahimov Özbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktorining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar qildi.
Dilşod Rahimov 1978 yilda tuğilgan. 2002 yil Toşkent davlat yuridik institutini tamomlagan. 2010 yildan Boş prokuratura huzuridagi departamentda, Departament organlarida turli lavozimlarda, 2012 yildan Boş prokuratura bölim prokurori, katta prokurori, boşqarma katta prokurori, boşqarma boşliği örinbosari, boşqarma boşliği lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2019 yil yanvaridan Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti boşliği lavozimida iş boşlagandi.
Bundan oldinroq uning örniga Şamsiddin Sohibnazarov mazkur departament rahbari etib tayinlangani xabar qilingandi.

















