Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronning O‘zbekistondagi yangi elchisi ish boshladi
Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Muhammad Ali Iskandariy O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.
Baxtiyor Saidov elchini O‘zbekistonda ish boshlagani bilan qutladi.
«Eronning O‘zbekistondagi elchisi lavozimiga tayinlangan Muhammad Ali Iskandariy janoblaridan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilishdan mamnunmiz. O‘zbekiston-Eron o‘zaro manfaatli hamkorligini kengaytirish bo‘yicha ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari oldidagi ustuvor vazifalarni muhokama qildik. Janob elchiga mamlakatimizdagi faoliyati davomida muvaffaqiyatlar tilaymiz», deb yozdi ijtimoiy tarmoqda Baxtiyor Saidov.
Bundan oldin, 2019-2023 yillarda Hamid Nayrobodiy Eronning Toshkentdagi elchixonasiga rahbarlik qilgan edi.
Mavzuga oid
08:34
Eron bo‘yicha keskin burilish: AQSh zarbalarni bekor qildi
22:12 / 11.06.2026
AQSh Ukraina va Erondagi urushlar tufayli dunyodagi eng yirik neft eksportchisiga aylandi
21:17 / 11.06.2026
Tramp Eron neft va gaz bozorlarini «to‘liq Amerika nazorati ostiga» olishga va’da berdi
20:29 / 11.06.2026