Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fuqarolarni AQShga ishga jo‘natishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Chinoz tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB bilan hamkorlikda tadbir o‘tkazilgan.
Unda, fuqaro D.X. fuqaro M.A.ning ishonchiga kirib, uni 16 000 AQSh dollari evaziga tanishlari yordamida Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga jo‘natishini aytib, oldindan 3000 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda esa muqaddam sudlangan F.M. fuqaro J.K.ning ishonchiga kirib, uni go‘yoki yuqori lavozimlardagi tanishlari yordamida 10 000 AQSh dollari evaziga Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga jo‘natishini va’da qilib, oldindan 3200 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
10:10
Kubaning energetika sohasi AQSh sanksiyalari nishoniga aylandi
08:34
Eron bo‘yicha keskin burilish: AQSh zarbalarni bekor qildi
22:12 / 11.06.2026
AQSh Ukraina va Erondagi urushlar tufayli dunyodagi eng yirik neft eksportchisiga aylandi
21:17 / 11.06.2026