O‘zbekiston qahramoni Jonsaid Turdiyev vafot etdi
U Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tizimida qariyb 30 yil ekskavator mashinisti sifatida mehnat qilgan.
«Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ «Qolmaqir» konida ko‘p yillar mehnat qilgan ekskavator mashinisti, mehnat faxriysi, O‘zbekiston qahramoni Jonsaid Turdiyev 20 oktyabrda 69 yoshida vafot etdi.
Jonsaid Turdiyev 1954 yilda Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini Olmaliq shahridagi 80-avtokorxonada haydovchi sifatida boshlagan.
1977 yildan mehnat faoliyatini Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tizimida davom ettirib, qariyb 30 yil mobaynida «Qolmaqir» konida xizmat qilgan.
Jonsaid Turdiyevning davlat va xalq oldidagi xizmatlari yuksak e’tirof etilib, 1998 yilda «O‘zbekiston Qahramoni» oliy unvoni hamda «Oltin yulduz» medali bilan mukofotlangan edi.
Mavzuga oid
13:54 / 12.12.2024
Gazprombankka qarshi sanksiyalar O‘zbekiston mis sanoati rivojini xavf ostiga qo‘yadi - The Diplomat
17:30 / 11.12.2024
OKMKda investitsiya loyihalari ishga tushirilmoqda: kombinatning yangi bosqichi va kelajagi haqida ma’lumot berildi
21:47 / 20.11.2024
OKMKning qariyb 25 foizi 12,2 trillion so‘mga baholanib, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga o‘tkazildi
17:00 / 02.11.2024