Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Estoniya o‘rtasida readmissiya qilish to‘g‘risidagi bitim imzolandi
O‘zbekiston va Estoniya tashqi siyosat idoralari rahbarlari Lyuksemburgda readmissiya qilish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Lyuksemburgda Estoniya tashqi ishlar vaziri Margus Tsaxkna bilan uchrashdi.
«Estoniya tashqi ishlar vaziri Margus Tsaxkna janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz», – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.
Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, yetakchi kompaniyalar bilan qo‘shma loyihalarni ilgari surish, shuningdek, raqamli texnologiyalar sohasida Estoniyaning ilg‘or tajribasini O‘zbekistonga olib kirish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlar ko‘rib chiqilgan.
Shuningdek, readmissiya qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim ham imzolandi.
Readmissiya (inglizcha to readmit — qaytarib olish) — davlatning boshqa davlatdan chiqarib yuborilishi lozim bo‘lgan o‘z fuqarolarini (shuningdek, ba’zi hollarda ilgari shu davlatda bo‘lgan yoki istiqomat qilgan xorijliklarni) qabul qilishga roziligi.
Mavzuga oid
20:30 / 19.05.2026
Estoniyaga uchib kirgan Ukraina droni NATO tomonidan urib tushirildi
12:11 / 20.04.2026
9 may oldidan Estoniya Fitso samolyoti uchun havo hududini yopdi
12:27 / 20.03.2026
Estoniya Rossiyani havo hududini buzishda aybladi
14:52 / 28.02.2026