16:29 / 30.10.2023
6491

Transport nazorati inspeksiyasiga boshliq tayinlandi

IIV YHXBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Jamshid Karimov Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasiga boshliq etib tayinlandi.

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

Prezidentning tegishli qarori bilan Karimov Jamshid Abduhamidovich Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik o‘zining Telegram-kanalida xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Karimov bu lavozimga tayinlanguniga qadar Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari - yo‘l harakati xavfsizligini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Top