O‘zbekiston | 19:51 / 31.10.2023
6449
2 daqiqa o‘qiladi

Zargarlik buyumlarini O‘zbekistondan olib chiqish shartlari yengillashtirildi 

Jismoniy shaxslarga qiymati 100 million so‘mgacha bo‘lgan tayyor zargarlik buyumlarini bojxona deklaratsiyasini to‘ldirmasdan O‘zbekistondan olib chiqishga ruxsat berildi. 

Foto: Getty Images

Prezident farmoni bilan ayrim normativ huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. 

Unga ko‘ra:

- jismoniy shaxslar qiymati 100 million so‘mgacha bo‘lgan tayyor zargarlik buyumlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirmasdan, 100 million so‘m va undan ortiq bo‘lganlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi asosida O‘zbekiston bojxona hududidan tashqariga olib chiqishi mumkin. 

Ilgari: qiymati 5 ming AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan tayyor zargarlik buyumlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirgan holda O‘zbekistondan tashqariga olib chiqishga ruxsat berilgan. 

Shuningdek, hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomga kiritilgan ko‘shimchaga ko‘ra, zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi yakka tadbirkorlarga zargarlik buyumlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirgan holda ma’lumotlarni TSOYaEATga kiritmasdan O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga tijorat maqsadlarida olib chiqishga ruxsat beriladi.

Mavzuga oid