Ma’lum qilinişiça, zargarlik buyumlarini işlab çiqariş va (yoki) ularni çakana sotiş bilan şuğullanuvçi tadbirkorlarga 2026 yil 1 yanvardan boşlab tölangan QQSning 80 foizi respublika budjetidan qaytariladi.
Uşbu vaqtinçalik tartib 2028 yil 1 yanvarga qadar amal qiladi.
Qayd etilişiça, tadbirkorlar soliq hisobotini taqdim etgandan söng, ammo 3 oydan keçiktirmasdan QQSning bir qismini qaytariş uçun murojaat qilişi mumkin. Murojaatlar avtomatlaştirilgan dastur orqali körib çiqiladi.
QQSni qaytariş quyidagi şartlar bajarilganda amalga oşiriladi: soliq öz vaqtida töliq tölangan bölişi, tuşumning kamida 80 foizi zargarlik mahsulotlaridan şakllangan bölişi hamda hisob-faktura va çeklarda tegişli identifikatsiya kodlari aks ettirilgan bölişi lozim.
Şuningdek, zargarlik buyumlarini işlab çiqaruvçilar uçun soliq bazasi mahsulot narxi va uning tarkibidagi qimmatbaho metallar hamda toşlar qiymati örtasidagi ijobiy farq asosida aniqlanadi.












