Jahon | 22:38 / 01.11.2023
13206
1 daqiqa o‘qiladi

KXDR bir qancha mamlakatlaridagi elchixonalarini yopadi

Bunga iqtisodiy muammolar sabab bo‘lgani aytilmoqda. 

Foto: Getty Images

Shimoliy Koreya rasmiylari dunyoning bir qator mamlakatlaridagi elchixonalarini yopishga qaror qildi. Bu haqda Janubiy Koreya birlashish ishlari vazirligiga tayanib Interfax xabar berdi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, gap Shimoliy Koreyaning Ispaniyadagi diplomatik vakolatxonasi, Afrikaning ko‘plab mamlakatlari, shuningdek, Honkongdagi missiyasi haqida ketmoqda. 

Kuzatuvchilarning fikricha, bunga iqtisodiy muammolar sabab bo‘lgan — KXDR xarajatlarni kamaytirishni maqsad qilgan. 

Qayd qilinishicha, KXDR diplomatik vakolatxonalari soni tez orada chorak qismga qisqarishi mumkin.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid