Jahon | 13:10 / 02.11.2023
6111
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh davlat kotibi Turkiyaga tashrif buyuradi

Tashrif 5 noyabrga belgilangan.

Foto: Reuters

AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Turkiyaga tashrif buyuradi.

Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vazirligidagi diplomatik manbalar xabar bergan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Amerika diplomatiyasi rahbari Turkiyaga 5 noyabr kuni keladi. 

Avvalroq, 28 oktyabr kuni Istanbul aeroportida Falastinni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘n minglab odamlar yig‘ilgandi. 

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an yig‘ilganlarga murojaat qilib, Isroilni «bosqinchi» deb atagan va uni harbiy jinoyatlarda ayblagan.

U yig‘ilganlarga minnatdorchilik bildirib, G‘azoga qarshi boshqa hujumlarga toqat qilmasligini aytgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid