O‘zbekiston | 11:12 / 02.11.2023
14774
2 daqiqa o‘qiladi

Sherobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

Tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Zaynobiddin Xalilov sog‘lig‘i tufayli o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod etildi. Uning o‘rniga Usmon Alimov tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi.

Foto: Sherobod tumani hokimligi

Surxondaryo viloyatida xalq deputatlari Sherobod tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Viloyati hokimligi xabariga ko‘ra, sessiyada tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Zaynobiddin Xalilov sog‘lig‘i tufayli o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod etilgani ma’lum qilindi. Uning o‘rniga Usmon Alimov tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi.

Usmon Alimov 1983 yil 6 aprelda Denov tumanida tug‘ilgan. 2007 yil va 2014 yilda Termiz davlat universitetini, 2021 yilda prezident huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasini tugatgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – milliy istiqlol g‘oyasi huquq va ma’naviyat asoslari, iqtisodiyot, davlat boshqaruvi.

U.Alimov 2013-2019 yillarda viloyat hokimligida turli vazifalarda hamda Uzun tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2019 yildan buyon Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Zaynobiddin Xalilov Sherobod tumani hokimligiga 2023 yil yanvarida tayinlangandi.

 

Mavzuga oid