O‘zbekiston | 10:08 / 06.11.2023
10852
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tadi

Tadbirda Ozarboyjon, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va Turkiyaning davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

8-9 noyabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining o‘n oltinchi sammiti bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda Ozarboyjon, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va Turkiyaning davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Kun tartibiga muvofiq, IHT doirasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiyaviy va gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish hamda ushbu ko‘p tomonlama tuzilma faoliyatini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Sammit dasturi doirasida O‘zbekiston yetakchisi qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga 1985 yilda asos solingan, uning doimiy faoliyat yurituvchi kotibiyati Tehron shahrida joylashgan.

O‘zbekiston 1992 yildan boshlab IHT a’zosidir.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid