Jahon | 20:53 / 16.11.2023
6978
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston aholisi 20 millionga yetdi 

2023 yil 14 noyabr kuni ertalab soat 8.10 da tug‘ilgan 5 nafar yangi tug‘ilgan chaqaloq mamlakatning 20 millioninchi aholisi bo‘ldi. 

Foto: Tengrinews

Qozog‘iston aholisi 20 millionga yetdi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev ijtimoiy tarmoqda e’lon qildi. 

«Yurtdoshlarimni ushbu muhim voqea bilan tabriklayman! Baxtli oila – millat farovonligi, yurt barqaror taraqqiyotining poydevori. Davlat oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, onalik va bolalikni himoya qilish borasidagi ishlarni davom ettiradi», deb yozdi To‘qayev. 

Respublika Milliy statistika byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil 14 noyabr kuni ertalab soat 8.10 da tug‘ilgan 5 nafar yangi tug‘ilgan chaqaloq mamlakatning 20 millioninchi aholisi bo‘ldi. 

Qozog‘istonning yubiley fuqarolari Ulitov, Jyetisu, Atirov, Oqmo‘la va Turkiston viloyatlarida tug‘ilgan. Ularning 3 nafari o‘g‘il, 2 nafari qiz. 

1991 yilda Qozog‘iston aholisi 16,4 million kishi edi. Mustaqillik yillarida mamlakat aholisi 22,3 foizga o‘sdi. 

Tug‘ilishning eng yuqori cho‘qqisi 2021 yilda qayd etildi: 446 ming bola. 

Aholining tabiiy o‘sishi o‘limni, jumladan, chaqaloqlar o‘limini kamaytirish hisobiga ta’minlandi. 

2022 yilda o‘rtacha umr ko‘rish 1991 yilga nisbatan 6,8 yoshga, erkaklarda esa 7,7 yoshga, ayollarniki 6 yoshga oshdi.

Mavzuga oid