Jahon | 11:57 / 17.11.2023
3516
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Rossiyadan neft tashigan tankerlarga qarshi sanksiyalar joriy qildi

Qo‘shma Shtatlar «belgilangan chegaradan yuqori narxda sotilgan Rossiya neftini tashish» uchun kompaniyalar va tankerlarga qarshi sanksiyalar kiritdi.

Foto: Angelos Tzortzinis/AFP/Getty Images

AQSh Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) 11 tashkilot, shuningdek, Rossiyadan neft tashish bilan bog‘liq uchta neft tankeriga qarshi sanksiyalar joriy qildi, deb xabar berdi departament sayti 16 noyabr, payshanba kuni.

«ABS Elektrotexnika», «Esset Avtomatizatsiya», «Esset Elektro», «Dominion Nikolskiy», «Dominion Tverskaya-Yaroslavskaya», «Vserossiyskiy nauchno-issledovatelskiy, proyektno-konstruktorskiy i texnologicheskiy institut relestroyeniya s opytnym proizvodstvom», «ABS ZEiM Avtomatizatsiya», «Mosen esset menedjment», «VNIIR Gidroelektroavtomatika», «VNIIR Promelektro» va «VNIIR-Transstroy» kompaniyalariga nisbatan sanksiyalar qo‘llandi. 

Ushbu tashkilotlarning AQShdagi aktivlari muzlatiladi va AQSh fuqarolari yoki kompaniyalariga ular bilan biznes qilish taqiqlanadi.

Rossiya neftini tashiganlik uchun sanksiyalar

Bundan tashqari, BAAda ro‘yxatdan o‘tgan Kazan Shipping Incorporated yuk tashish kompaniyasi hamda Liberiyada ro‘yxatdan o‘tgan Progress Shipping Company Limited va Gallion Navigation Incorporate kompaniyalariga ham sanksiya qo‘yilgan.

Shuningdek, ushbu kompaniyalarga aloqador , Ligovsky Prospect va NS Century neft tankerlariga ham cheklovlar kiritildi. Uchta kema ham Liberiya bayrog‘i ostida ro‘yxatdan o‘tgan. Tankerlarga nisbatan «belgilangan chegaradan yuqori narxda sotilgan Rossiya neftini tashiganlik» uchun sanksiyalar joriy etildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid