Jahon | 12:59 / 17.11.2023
3812
2 daqiqa o‘qiladi

Navalniyning advokatlari ekstremist va terrorchilar ro‘yxatiga kiritildi

Shaxslarning «ekstremistlar va terrorchilar» ro‘yxatiga kiritilishi ularga nisbatan tegishli modda bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini bildiradi. Advokatlar Kobzev, Lipser va Sergunin oktyabr oyi o‘rtalarida hibsga olingan edi.

Vadim Kobzev, Aleksey Lipser va Igor Sergunin Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Rosfinmonitoring terrorchilar va ekstremistlar ro‘yxatiga Aleksey Navalniyning uch nafar advokati - Vadim Kobzev, Aleksey Lipser va Igor Serguninni kiritdi, ular oktyabr oyi o‘rtalarida ekstremistik jamoa ishi bo‘yicha hibsga olingan. Tegishli ma’lumot 16 noyabr, payshanba kuni boshqarma tomonidan e’lon qilindi.

Bu ro‘yxatga kiritilgani, ularga nisbatan Jinoyat kodeksining «ekstremistik» va «terroristik» moddalari bilan ish qo‘zg‘atilganini bildiradi. Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, ushbu ro‘yxatdagilarning mablag‘lari banklar tomonidan muzlatib qo‘yilishi va ularga xizmat ko‘rsatish to‘xtatilishi kerak.

Muxolifatchi va korrupsiyaga qarshi kurashchi Aleksey Navalniyni himoya qilgan advokatlar Sergunin, Kobzev va Lipser 13 oktyabr kuni Moskvada ushlangan va shu kuni Basmanniy tuman sudi tomonidan ikki oyga hibsga olingandi. Korrupsiyaga qarshi kurashish jamg‘armasi (FBK) direktori Ivan Jdanovning so‘zlariga ko‘ra, advokatlar «ekstremistik jamiyat»da ishtirok etishda ayblangan, chunki ular Navalniydan go‘yoki o‘z jamoasiga ma’lumotlarni uzatib turgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid