Toshkentda yo‘l talashgan haydovchilar ommaviy mushtlashuv uyushtirdi
Mirobod tumanida Spark va Nexia haydovchilari yo‘l talashgani oqibatida ommaviy mushtlashuv yuz berdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Toshkent shahri Mirobod tumani hokimligi tarmoqlarda haydovchilar bir-biriga yo‘l bermagani oqibatida mushtlashuv yuz bergani aytilgan video yuzasidan munosabat bildirdi.
Mirobod tumani IIO FMB 4-sonli IIB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, mazkur hodisa 12 noyabr kuni sodir bo‘lgan.
20 yashar fuqaro X.V. o‘z tanishlari 23 yoshli M.B. va 18 yoshli M.A. bilan “Spark” rusumli avtomobilda Munis ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib, Qo‘yliq-5 dahasiga ketayotgan vaqtlarida, 34 yoshli A.B. boshqaruvida bo‘lgan “Nexia-3” rusumli avtomobil bilan bir-biriga yo‘l bermay, o‘rtada kelishmovchilik yuzaga kelgan.
“Spark”dagi yo‘lovchilar - M.B va M.A. hamda “Nexia-3” haydovchisi A.B. va uning sherigi 21 yoshli Yu.M. o‘zaro gap talashib, janjallashgan.
Hodisa oqibatida “Spark” yo‘lovchilaridan biri – M.B. Toshkent davlat stomatologiya klinikasiga murojaat etgan. Shifokorlar tomonidan fuqaroga yuqori lab sohasi ezilishi va yirtilishi, shuningdek, chap yonoq sohasi shilinishi tashxisi qo‘yilgan.
Janjalda ishtirok etgan qolgan fuqarolar tan jarohati olmagan.
Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:06 / 24.11.2024
Halollik mukofoti: yo‘ldan topilgan 5 ming dollarni egasiga qaytargan haydovchi haqida hikoya
18:44 / 12.11.2024
Xitoyda avtomobil odamlar ustiga bostirib borishi oqibatida 35 kishi halok bo‘ldi
17:02 / 12.11.2024
Piskentda haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida qariyb 16 ming tup olxo‘ri daraxti yonib ketdi
14:15 / 12.11.2024