Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqchi
Tomonlar, shuningdek, avtomobillarda yuk tashish hajmini oshirishga kelishib oldi.
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo kelishuvni yangilash niyatida, deb xabar bermoqda Monsame Agency.
17 noyabr kuni O‘zbekistonning Xitoydagi va o‘rindoshlik asosida Mo‘g‘ulistondagi elchisi Farhod Orziyev Mo‘g‘uliston Transport vazirligi rahbari Sandangiyn Byambatsogt bilan mamlakatlar o‘rtasida havo qatnovlari sonini ko‘paytirish imkonini beradigan havo qatnovi bo‘yicha shartnoma tuzish masalasini muhokama qildi. U tranzit reyslari va o‘zbek meva-sabzavotlarini tashish hajmini oshirishni ham nazarda tutadi.
Mo‘g‘uliston rasmiysining aytishicha, tomonlar tez orada avtomobil transportida tashuvlar bo‘yicha kelishuv tuzadi.
Kelishuv tufayli Yevropadan tovarlar O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston orqali Xitoyga, Mo‘g‘uliston va Xitoydan esa O‘zbekiston orqali Yevropa, Eron, Pokiston va Hind okeani portlariga yetkazib beriladi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston elchisi ikki davlat Mo‘g‘ulistondan meva-sabzavot, shuningdek, go‘sht, jun va kashemir mahsulotlarini yetkazib berish orqali o‘zaro savdo hajmini oshirishi mumkinligini ta’kidladi.
Mavzuga oid
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
08:32 / 03.06.2026
Hongkongdan O‘zbekistonga yangi havo yo‘nalishi ochilishi mumkin
20:26 / 29.05.2026
Xitoyning Spring Airlines aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin
07:00 / 24.05.2026