Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada er-xotin is gazidan zaharlanib vafot etdi
Qo‘qon shahrida er-xotin is gazidan zaharlanib vafot etdi. Hozirda o‘lim yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Joriy yilning 21 noyabr kuni Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida er-xotin is gazidan zaharlanib vafot etdi.
“Amirqulmergan” MFY Navbahor ko‘chasida yashagan 51 yoshli fuqaro va uning 49 yoshli turmush o‘rtog‘i xonadonining yotoqxonasida vafot etgan. Shifoxona tomonidan taqdim etilgan dastlabki xulosasida ularning o‘limiga is gazidan o‘tkir zaharlanish sabab bo‘lgani ko‘rsatilgan.
Hozirda marhumlarning o‘limi yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Tergovga kadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:32 / 21.05.2026
O‘zbekiston Buxoro va Qo‘qondagi tarixiy saroylarni restavratsiya qiladi
11:07 / 25.03.2026
Foto: 1913 yilgi Qo‘qon manzaralari
14:12 / 17.03.2026
Qo‘qonning “Tayson”i: Farg‘onada erkak bozor nazoratchisining qulog‘ini tishlab, uzib olgani uchun qamaldi
15:27 / 10.03.2026