Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh-Kanada chegarasida avtomobil portlab ketdi
Rainbow ko‘prigida avtomobil portlashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda CNN va Fox News. FTB tergov olib bormoqda. Qo‘shma Shtatlar va Kanada o‘rtasidagi to‘rtta chegara punkti vaqtincha yopildi.
Niagara sharsharasi yaqinida AQSh va Kanada o‘rtasidagi Kamalak ko‘prigida (Rainbow Bridge) avtomobil portlab ketdi, deb xabar berdi 22 noyabr, chorshanba kuni Federal tergov byurosi (FTB). Hodisa oqibatida mashinada bo‘lgan ikki kishi halok bo‘ldi, deb ta’kidladi Amerikaning CNN va Fox News telekanallari politsiya xodimlariga tayanib. Bundan tashqari, Reuters agentligining xabar berishicha, AQSh chegara xizmatining bir xodimi yaralangan.
Huquq-tartibot idoralari hodisa tafsilotlarini ma’lum qilmagan. Hozirda tergov harakatlari boshlangan. FTB vaziyat «tez rivojlanayotganini» bildirdi.
Ba’zi OAV xabarlariga ko‘ra, AQShdan Kanadaga ketayotgan avtomobil qarama-qarshi bo‘lakda katta tezlikda chegara o‘tish joyiga yaqinlashgan.
Nyu-York shtati gubernatori: terakt belgilari yo‘q
Ikki davlat o‘rtasidagi to‘rtta chegara o‘tish punkti vaqtincha yopildi. Buffalo Niagara xalqaro aeroportida xavfsizlik choralari kuchaytirildi, deya ma’lum qildi Nyu-York shtati gubernatori Keti Xokul. Uning so‘zlariga ko‘ra, terakt belgilari yo‘q. Kamalak ko‘prigi yopiqligicha qolmoqda, ammo qolgan o‘tish joylari bo‘ylab harakat tiklandi, dedi Xokul.
AQSh prezidenti Jozef Bayden voqea haqida xabardor qilingan, deya xabar berdi Oq uy. Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo vaziyatni «juda jiddiy» deb atadi.
Mavzuga oid
11:19
JCh kundaligi. 1/8 finalning ilk ishtirokchisi ma’lum, Koreya lagerida mojaro, Kabo-Verde sardorida muammo
08:55
AQSh va Eron yana o‘zaro hujumlarni to‘xtatishga kelishdi
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:18 / 27.06.2026