Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi
Moskvadagi ko‘p qavatli uy qurilishi maydonida 35−40 nafar ishchi ishtirokida janjal yuz berdi. Mushtlashuvga oshxonaga kirishda navbat talashish sabab bo‘lgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyadagi mehnat migrantlari o‘rtasida mushtlashuv yuz bergani, unlarning aksariyati O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi.
Migratsiya agentligi ma’lumotiga ko‘ra, 2023 yil 16 noyabr kuni Moskva shahrining Sviblovo tumanida joylashgan Afi Tower ko‘p qavatli uy qurilishi maydonida 35-40 nafar fuqaro ishtirokida janjal yuz bergan.
Sviblovo tumani ichki ishlar bo‘limi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida yuz bergan ommaviy mushtlashuv oshxonaga kirish uchun navbatda turgan ishchilar va umumiy navbatni chetlab o‘tib, oshxonaga kirishga uringanlar o‘rtasidagi og‘zaki janjal sabab yuz bergan.
Hozirgi vaqtda ushbu holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 213-moddasi 2-qismi bo‘yicha jinoyat ish qo‘zg‘atilib, fuqarolarning 6 nafari jinoiy, 3 nafari mamlakatdan majburiy chiqarib yuborish shaklida ma’muriy, boshqalari ichki ishlar xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmagani sababli jarima shaklida ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Mavzuga oid
21:09 / 13.05.2026
Rossiyadagi fabrikada o‘zbekistonlik va bangladeshlik ishchilar mushtlashdi
13:08 / 13.05.2026
Zelenskiydan troll-farmon, «muzlagan» front: urushda nima gap?
18:34 / 07.05.2026
Bu yil Moskvadagi G‘alaba paradida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari qatnashmaydi
20:39 / 27.04.2026