O‘zbekiston | 18:49 / 23.11.2023
9130
1 daqiqa o‘qiladi

Muftiyga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Toshkent islom instituti rektori, professor Muhammadolim Muhammadsiddiqov O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining Yoshlar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Foto: Musulmonlar idorasi

Musulmonlar idorasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Muhammadsiddiqov Toshkent islom instituti rektori vazifasidan ajralmagan holda muftiy, shayx Nuriddin Xoliqnazarga yoshlar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ladi.

Muhammadolim Muhammadsiddiqov Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, Misr Arab Respublikasining Qohira davlat universiteti va Toshkent davlat sharqshunoslik institutini tamomlagan.

Muhammadolim Muhammadsiddiqov o‘z faoliyati davomida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bo‘lim boshlig‘i, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi prorektori, kafedra mudiri vazifalarida ishlagan, siyosiy fanlar doktori (DSc).

Professor 2023 yil yanvar oyidan hozirga qadar Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti rektori vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda.

Mavzuga oid