Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO qo‘shinlarning erkin harakatlanishi uchun «harbiy Shengen» yaratmoqchi
Harbiy alyans urush boshlanganida qo‘shinlarning tezroq harakatlanishi imkoniyatiga ega bo‘lmoqchi.
Foto: Jacob Bradford/U.S. Army
NATO o‘z qo‘shinlarining erkin harakatlanishi mumkin bo‘lgan Shengen zonasiga o‘xshash makonni yaratish rejasini yoqladi. Bu haqda NATO Logistika qo‘shma qo‘mondonligi rahbari Aleksandr Zolfrank Reuters agentligiga bergan intervyusida aytdi.
Uning qayd etishicha, NATO Rossiya bilan ehtimoliy ziddiyatga tayyor bo‘lishi kerak, biroq hozircha qo‘shinlarning Yevropa bo‘ylab harakatlanishi qiyin, bu esa sezilarli muammolarni keltirib chiqaradi. «Vaqtimiz oz. Tinchlik davrida biz tugatmagan ish inqiroz yoki urush davrida ham tayyor bo‘lmaydi», dedi harbiy.
Zolfrank NATO hududi juda katta ekanini, bu esa ziddiyat sharoitida qo‘shinlar va ta’minotning tez harakatlanishiga to‘sqinlik qilishi mumkinligini ta’kidladi.
NATO harbiy qo‘mitasi rahbari admiral Rob Bauer ham uning fikriga qo‘shildi. «Bizda nazorat haddan tashqari ko‘p, ammo bizga yetishmayotgan yagona narsa - vaqt», dedi u.
Ukrainada urush boshlanganidan so‘ng, Shvetsiya va Finlyandiya NATO a’zosi bo‘lish uchun ariza berdi. 2023 yil aprel oyida Finlyandiya rasman alyansga qo‘shildi. Biroq, Shvetsiyaning a’zo bo‘lishi kechikmoqda.
Mavzuga oid
21:44 / 26.12.2025
«Rossiya Ukraina, Qozog‘iston va Kavkazni berib yuborgan». AQSh Putin va Bushning muzokaralari rasshifrovkasini maxfiylikdan chiqardi
15:05 / 24.12.2025
Vadeful: Ukraina bilan urush tugagach, RF NATOga hujum qilishi mumkin
10:44 / 19.12.2025
Bolton: Ukraina NATOga kirishga intilishdan voz kechmasligi kerak
14:44 / 16.12.2025