Qoraqalpog‘istonda 1,8 gektar yerni 350 mln so‘mga sotishga uringan shaxs ushlandi
Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida noqonuniy yer sotish holatlari aniqlandi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan departament hamda ichki ishlar hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda To‘rtko‘l tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan shaxs fuqaroga 30 yil muddatga dehqonchilik qilish maqsadida ajratilgan To‘rtko‘l tumanidagi 1,8 gektar yer maydonini uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 350 mln so‘m olgan vaqtida ushlandi.
Samarqand viloyatida kuzatilgan holatda esa Oqdaryo tumanida yashovchi shaxs tumandagi o‘zi faoliyat yuritib kelayotgan fermer xo‘jaliklaridan biriga tegishli 20 sotix yer maydonini 40 ming AQSh dollari evaziga sotishga kelishib, mazkur pul mablag‘ini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan departamentning hududiy bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushlandi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va tuman ichki ishlar idoralari bilan hamkorlikda faol tadbir o‘tkazildi.
Farg‘ona tumanida yashovchi fuqaro mazkur tumanda joylashgan, tuman hokimligi zaxirasidagi yer maydonidan 1 gektarini xaridorga 28 ming AQSh dollariga sotishni hamda ushbu yer maydonini mansabdor tanishlari orqali rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. Natijada, u mazkur yer maydoni uchun pul mablag‘ini olgan vaqtida ushlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:53
Namanganda 4 kishini Britaniyaga ishga yuborish evaziga 12 ming dollar olgan shaxs ushlandi
14:55 / 15.11.2024
DXX raisi O‘zbekistondagi muhim axborot infratuzilmalarini toifalashga doir buyruq chiqardi
23:25 / 09.11.2024
Samarqandda Qurolli kuchlar xizmatchisi, soliqchi, Milliy gvardiya va kadastr xodimlari pora bilan ushlandi
16:46 / 09.11.2024