14:51 / 03.12.2023
19372

Kiyev atrofidagi himoya tizimlari va Kupyanskka borgan Zelenskiy. Urush suratlari

Ukrainada urushning 647-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Zelenskiy ukrain va rossiyalik harbiylar jang maydonida asirlar almashinuvini amalga oshirganini aytdi: «Ko‘pincha harbiy asirlarni hammaga jar solmasdan almashamiz. Ochig‘ini aytaman — to‘g‘ridan to‘g‘ri jang maydonida». 
  • Ukraina xavfsizlik xizmati mamlakatning sobiq prezidenti Petro Poroshenko Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashmoqchi ekani haqida xabar berdi. Idora xabariga ko‘ra, Rossiya bu uchrashuvdan Ukrainaga qarshi provokatsiya uchun foydalanmoqchi. 1 dekabr kuni Poroshenko xorij safariga  chiqmoqchi bo‘lganida chegaradan o‘tkazishmaganini aytgandi.
  • Buryatiyada Baykal-Amur magistralining Severomuysk tunnelida yuk poyezdida portlash ro‘y berdi. Ukrainadagi nashrlar tunnelda portlovchi qurilma ishga tushgani va buning ortida Ukraina xavfsizlik xizmati turganini xabar qilgandi. Ayni vaqtga kelib harakat tiklangan.
  • Estoniya bosh vaziri Kay Kallas RF fuqaroligini olishga qaror qilgan fuqarolar xavfsizlikka tahdid solishi mumkinligi va ular deportatsiya qilinishini aytdi.
  • Rossiya qo‘shini tunda Ukraina hududiga dronlar va raketalar bilan hujum uyushtirdi. Ukraina qurolli kuchlari 11 ta drondan 10 tasi, shuningdek X-59 raketasi urib tushirilgani haqida ma’lum qilgan. Odessa oblastida infratuzilma obekti shikastlangan, jarohatlanganlar yo‘q.
  • Putin RF armiyasi sonini 170 ming kishiga oshirish to‘g‘risidagi farmonini imzoladi.
  • «Mediazona» va BBC Ukrainadagi urushda halok bo‘lgan 38 ming rossiyalik harbiy shaxsini tasdiqladi.
  • Yelena Zelenskaya: «Men turmush o‘rtog‘im keyingi muddatga ham prezident bo‘lishini xohlamayman».

Kiyev ostonasidagi havo hujumidan mudofaa kuchlari

Avenger zenit kompleksi Kiyev yaqinida. Bu Amerikaning o‘ziyurar zenit-raketa kompleksi bo‘lib, 2022 yil noyabrida Ukrainaga 400 million dollar miqdoridagi navbatdagi harbiy yordam paketidan o‘rin olgandi. 2023 yil sentabrida ham AQSh ushbu havo hujumidan mudofaa tizimini yangi harbiy yordam paketiga  kiritgandi.
Kostya Liberov / Libkos / Getty Images
Avenger zenit-raketa kompleksi haydovchisining kabinasi
Kostya Liberov / Libkos / Getty Images
Kostya Liberov / Libkos / Getty Images
Kostya Liberov / Libkos / Getty Images
Nemislarning o‘ziyurar «Gepard» zenit qurilmasidagi ukrain ekipaji Kiyev atrofida — u rossiyaliklar dronlarini urib tushirish uchun qo‘llanadi. 25 noyabr kuni UQK mamlakat hududida, asosan Kiyev oblastida «Gepard» tizimlari orqali rossiyaliklar uchirgan 75 ta Shahed dronlaridan 74 tasi urib tushirilgani haqida xabar berdi.
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
«Gepard» ekipaji Kiyev yaqinida
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy xizmatchilar ZU-23-2 zenit qurilmasini namoyish etmoqda
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
 ZU-23-2 qurilmasidan foydalanish jarayoni
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari harbiysi rossiyaliklarning bir necha kun oldin urib tushirilgan droni parchasini olib ketmoqda, 30 noyabr
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA

Zelenskiyning frontga tashrifi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va mudofaa vaziri Rustem Umerov Ukraina QKning Xarkiv oblasti Kupyansk shahri yo‘nalishidagi qo‘mondonlik punktiga tashrif buyurdi — bu shahar ayni vaqtda harbiy to‘qnashuv chizig‘idan bir necha kilometr masofada joylashgan. Tashrif vaqtida Zelenskiy «Xortitsa» qo‘shinlari operativ-strategik guruhi qo‘mondoni Oleksandr Sirskiy, «Kupyansk» taktik guruhi komandiri Oleksandr Lutsenko va 57-alohida motopiyodalar brigadasi komandiri Oleksandr Bakulin bilan uchrashdi. Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, harbiylar muhokama qilgan asosiy mavzu Ukraina qurolli kuchlarining REB tizimlari (radioelektron kurash vositalari), dronlar va istehkomlarni jihozlash masalasida bo‘lgan. Tashrif chog‘ida Zelenskiy besh nafar harbiy xizmatchini mukofotlagan va xizmat joyidagi yana 18 harbiyga mukofotlarni yuborgan. 

Volodimir Zelenskiy Ukraina QK harbiy xizmatchisiga mukofot topshirmoqda. Tashrifi chog‘ida Ukraina prezidenti polkovnik Oleksandr Bakulin, polkovnik Pavel Palisa va mayor Andrey Matskaloni mukofotladi
Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Volodimir Zelenskiy, quruqlik qo‘shinlari qo‘mondoni Oleksandr Sirskiy, prezident apparati rahbari Ondriy Yermak va mudofaa vaziri Rustem Umerov Kupyansk yo‘nalishidagi vaziyatni muhokam qilmoqda
Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Zelenskiyning tashrifi vaqtida qo‘mondonlik punkti qo‘riqlanishi
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA

Shvedlar BMPsiga xizmat ko‘rsatayotgan ukrain harbiylari

CV9040 piyodalar jangovar mashinasi — Stridsfordon 90 platformasidagi asosiy modifikatsiya. Ikkinchisi 1980-yillar o‘rtalaridan boshlab Shvetsiya quruqlik qo‘shinlari buyurtmasiga ko‘ra ishlab chiqarila boshlangan. Uning shassisida BMPdan tashqari CV90120-T yengil tanklari, qo‘mondonlik-shtablari, ta’mirlash-evakuatsiya qilish va boshqa mashinalar ham tayyorlangan. Hozirda CV90 rusumli BMP Finlandiya, Daniya, Norvegiya, Estoniya, Niderlandiya va Estoniya armiyalarida ham mavjud, ammo ushbu texnikalarning eng yirik parki (500 dan ortiq mashina) Shvetsiyaning o‘zida. 2023 yilda Ukraina Shvetsiyadan harbiy yordam sifatida 50 dona CV9040 qabul qilib olgandi. Ukraina QKning yozgi qarshi hujum yakunlanganidan keyin ham safda qolayotgan mashinalar soni aniq emas. Oryx proyektiga ko‘ra, hozirgacha ochiq manbalar orqali kamida 4 dona CV9040 yo‘q qilingani yoki Rossiya harbiylari tomonidan egallab olingani tasdiqlangan. 

Ukrainalik harbiy Baxmut hududidagi pozitsiyada shvedlarning CV90 rusumli piyodalar jangovar mashinasini (BMP) tozalamoqda
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy Baxmut hududidagi pozitsiyada CV90’ni ko‘zdan kechirmoqda
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy Baxmut hududidagi pozitsiyada CV90’ni qordan tozalamoqda
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
CV90 piyodalar jangovar mashinasi jamoasi Baxmut atrofidagi pozitsiyada
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA

 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top