Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armaniston va Ozarboyjon tinchlik bitimi tuzish niyatini tasdiqladi
Ozarboyjon 32 arman askarini, Armaniston ikki Ozarboyjon askarini ozod qildi.
Yerevan va Boku ikki davlat o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash yo‘lida aniq qadamlar qo‘yishga kelishib oldi, deyiladi Armaniston bosh vaziri devoni va Ozarboyjon prezidenti ma’muriyatining qo‘shma bayonotida.
«Armaniston va Ozarboyjon mintaqada uzoq kutilgan tinchlikka erishish uchun tarixiy imkoniyat mavjudligini tan oladi. Ikkala davlat ham munosabatlarni normallashtirish, suverenitet va hududiy yaxlitlik tamoyillarini hurmat qilish asosida tinchlik bitimini tuzish niyatlarini tasdiqlaydi», deb bayonot matnini keltirdi Interfax.
Unda qayd etilishicha, «Armaniston bosh vaziri devoni va Ozarboyjon prezidenti ma’muriyati o‘rtasidagi muzokaralar natijasida ikki davlat o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash yo‘lida aniq qadamlar qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi».
«Ozarboyjon insonparvarlik qadriyatlaridan kelib chiqqan holda va xayrixohlik belgisi sifatida 32 nafar arman harbiy xizmatchisini ozod qildi. O‘z navbatida, Armaniston ham insonparvarlik qadriyatlariga amal qilgan holda va xayrixohlik belgisi sifatida ikki nafar Ozarboyjon harbiysini ozod qildi», deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, Armaniston xayrixohlik belgisi sifatida Ozarboyjonning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha BMT doiraviy konvensiyasi (COP29) ishtirokchilari konferensiyasining 29-sessiyasiga mezbonlik qilish taklifini qo‘llab-quvvatlaydi va o‘z nomzodini qaytarib oladi.
Shuningdek, ta’kidlanishicha, Armaniston va Ozarboyjon «yaqin kelajakda ishonchni mustahkamlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha munozaralarni davom ettiradi va xalqaro hamjamiyatni bu sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga chaqiradi, bu esa ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni mustahkamlashga yordam beradi. Shu bilan birga butun Janubiy Kavkaz mintaqasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi».
Mavzuga oid
14:14 / 22.06.2026
Ozarboyjon elchisiga «Mehnat shuhrati» ordeni topshirildi
19:01 / 16.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon bosh vaziri bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
09:45 / 15.06.2026
Armaniston sobiq prezidentiga mamlakatdan chiqish taqiqlandi
15:04 / 13.06.2026