Jahon | 18:23 / 07.12.2023
8771
1 daqiqa o‘qiladi

Ozarboyjonda muddatidan oldin prezidentlik saylovi o‘tkaziladi 

Tegishli farmonni mamlakat rahbari Ilhom Aliyev imzoladi. 

Foto: Reuters

Ozarboyjonda muddatidan oldin prezidentlik saylovi 2024 yil 7 fevralda bo‘lib o‘tadi. Bu haqdagi farmonni prezident Ilhom Aliyev imzoladi. 

Saylov Konstitutsiyaning 101-moddasi II qismiga muvofiq, Ozarboyjon Saylov kodeksining 179-moddasiga asosan tayinlangan. 

Bu Ozarboyjon tomonidan hududiy yaxlitligi tiklanganidan keyingi birinchi saylov bo‘ladi. 

Ozarboyjonda so‘nggi prezidentlik saylovi 2018 yilda o‘tkazildi. Unda Ilhom Aliyev 86,2 foiz ovoz to‘plab, g‘olib bo‘lgan edi. Mamlakat Konstitutsiyasiga ko‘ra, prezidentning vakolat muddati 7 yilga teng. Shu bois, navbatdagi saylov 2025 yilda o‘tkazilishi lozim edi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid