Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Falastin va AQSh urushdan keyingi G‘azoni boshqarish rejasini ishlab chiqmoqda
Reja HAMAS va Falastinni ozod qilish tashkiloti (FOT) ishtirokida yangi davlat qurishni o‘z ichiga oladi.
Foto: AFP
Falastin ma’muriyati AQSh vakillari bilan birgalikda urush tugaganidan keyin G‘azo sektorini boshqarish rejasi ustida ishlamoqda. Bu haqda Falastin bosh vaziri Muhammad Ashitaya ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, urushdan keyin «HAMAS Falastinni ozod qilish tashkilotiga (FOT) qo‘shilib, G‘arbiy Sohil, G‘azo sektori va Sharqiy Quddusni o‘z ichiga olgan yangi mustaqil davlat qurish yo‘lida birgalikda ishlasa maqsadga muvofiq bo‘lar edi».
Avvalroq, Isroil hukumati urush tugaganidan so‘ng, G‘azo sektorida bufer zona yaratish niyati haqida Yaqin Sharq davlatlarini xabardor qilgani aytilgan edi. Bu bilan Isroil o‘z hududini ehtimoliy hujumlardan himoya etishni maqsad qilgan.
Ashitaya so‘zlariga ko‘ra, Isroil HAMAS guruhini to‘liq yo‘q qila olmaydi, shuning uchun «hamaschilar yangi boshqaruv tuzilmasi doirasida FOT tarkibiga qo‘shilishi kerak».
«7 oktyabrgacha bo‘lgan HAMAS boshqa, undan keyingi HAMAS butunlay boshqacha. Agar ular kelishuvga rozi bo‘lsa va FOT siyosiy platformasini qabul qilsa, muzokara uchun imkoniyat tug‘iladi. Falastinliklar bo‘linmasligi kerak», dedi bosh vazir.
Muzokaralar chog‘ida AQSh va Falastin vakillari Isroil G‘azoni qayta egallamasligi, uning hududini bufer zona uchun qisqartirmasligi yoki falastinliklarni chiqarib yubormasligi kerakligi haqida kelishib olgan.
«Biz xalqaro hamjamiyat bilan birgalikda ishlaydigan mexanizmni yaratishimiz kerak. Yaralarni davolash uchun yengillik va tiklanishga katta ehtiyoj bo‘ladi», dedi Shitayye.
Mavzuga oid
11:37
Ispaniya bosh vaziri Erondagi urushga qarshi pozitsiyasini tasdiqladi
23:14 / 04.03.2026
Minobdagi qirg‘in - urushning qonli ramzi
20:51 / 04.03.2026
“Men ko‘rgan hujjatlarda urushning bo‘lishi aniq edi” – amerikalik siyosatshunos
14:01 / 04.03.2026