Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanadaga doimiy aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda - Transport vazirligi
O‘zbekiston va Kanada o‘rtasida fuqaro aviatsiyasi sohasida qator kelishuvlarga erishildi. Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, Uzbekistan Airways AJ 2025 yildan Kanadaga muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishi rejalashtirilgan.

«ICAN – 2023» tadbiri doirasida ikki davlat aviatsiya ma’muriyatlari har ikki tomon aviakompaniyalari uchun birinchi va ikkinchi darajadagi «havo erkinligi»ni taqdim etishga kelishib oldi.
Shuningdek, ikki davlat o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish huquqini beruvchi uchinchi va to‘rtinchi «havo erkinligi»ni o‘z ichiga olgan aviaqatnovlar to‘g‘risidagi bitim loyihasini ishlab chiqib, o‘rnatilgan tartibda imzolash jarayonini boshlash bo‘yicha kelishuv imzolandi.
2025 yildan boshlab, O‘zbekistonning rezident aviakompaniyalaridan Uzbekistan Airways AJ Kanadaga muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan. Kanada bilan erishilgan kelishuv Uzbekistan Airways AJning Kanadaga parvozlarni amalga oshirishi zamin yaratadi.
Qolaversa, mamlakatimiz turizm salohiyatini keng targ‘ib etish hamda xorijiy sayyohlarni yurtimizga jalb qilish bo‘yicha Amerika qit’asining yana bir mamlakatini O‘zbekiston bilan bog‘lash uchun xizmat qiladi», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
11:55 / 04.06.2026
Chipta yetishmovchiligi va vagonlardagi sanitar holat – transport vaziri temiryo‘ldagi muammolar haqida
14:21 / 05.05.2026
Toshkent uchun yangi aeroport qurilgach, hozirgi aeroport yopiladi
21:22 / 18.04.2026
Transport vazirligi xalqaro yuk tashuvchilarning ruxsatnomalari bilan bog‘liq muammo bo‘yicha izoh berdi
11:25 / 24.03.2026