O‘zbekiston | 12:28 / 13.12.2023
32101
1 daqiqa o‘qiladi

«Metan zapravka»larga qo‘shimcha cheklovlar kiritildi

Toshkent shahri va 5 viloyatdagi gaz to‘ldirish shoxobchalarining yarmi vaqtincha yopildi.

Foto: Kun.uz

Aholi iste’molchilarida uzilishlarning oldini olish maqsadida bugun, 13 dekabr kunidan poytaxt, Samarqand, Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi AGTKSh faoliyatida qo‘shimcha cheklovlar kiritildi. 

«Hududgazta’minot» xabariga ko‘ra, hozirgi vaqtda belgilangan grafik bo‘yicha 1179 tadan 547 AGTKSh ish faoliyatida. Ular ertalab soat 6:00 dan 12:00 gacha ochiq bo‘ladi.

Energetika vazirligi 8 dekabr kuni xabar berganidek, 7−16 dekabrgacha kutilayotgan sovuq davrda gaz bosimining pasayishi kutilmoqda (0 daraja — 8 dekabr, -16 daraja — 12 dekabr). Shundan kelib chiqib, «aholini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida» metan shoxobchalarining ish vaqtini cheklash choralari ko‘rilmoqda.

Dekabrda sovuq tushishi bilan O‘zbekistonning turli hududlarida metan zapravkalar faoliyati cheklangan va shoxobchalar soat 8:00 dan 17:00 gacha ishlay boshlagandi.

Mavzuga oid