Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand va Qarshiga “Afrosiyob” poyezdlarining qo‘shimcha qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
Qo‘shimcha qatnovlar Toshkentdan Samarqandga 29-31 dekabr, Toshkentdan Qarshiga 25-28 dekabr kunlari oralig‘ida amalga oshiriladi.
“Samarqand — Toshkent — Samarqand” va “Toshkent — Qarshi — Toshkent” yo‘nalishida harakatlanuvchi “Afrosiyob” poyezdlarining qo‘shimcha qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2023 yilning 29, 30, 31 dekabr kunlari 775/776-sonli “Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida hamda 25, 26, 27, 28 dekabr kunlari 762/761-sonli “Toshkent — Qarshi — Toshkent” yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yiladi.
Poyezdlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
775-sonli “Samarqand — Toshkent” yo‘nalishi
Samarqand 11:05 — Toshkent 13:20
776-sonli “Toshkent — Samarqand” yo‘nalishi
Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05
762-sonli “Toshkent — Qarshi” yo‘nalishi
Toshkent 6:59 — Qarshi 10:33
761-sonli “Qarshi — Toshkent” yo‘nalishi
Qarshi 16:44 — Toshkent 20:20
Chiptalarni temiryo‘l chiptaxonlaridan va elektron tarzda eticket.railway.uz sayti orqali sotib olish mumkin.
Mavzuga oid
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
17:45 / 05.06.2026