Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sovuq urgan sabzavotlar iste’molga qanchalik yaroqli ekani haqida ma’lumot berildi
Ular zaharlanishga olib kelmasa-da, barcha foydali xususiyatlarini yo‘qotadi va eriganidan so‘ng, saqlash muddati keskin kamayadi.
Sovuq tushishi oqibatida bozordagi ayrim sabzavot va mevalarni sovuq urishi ehtimoli yuqori. Bu mahsulotlar o‘zining organoleptik xususiyatlari – mazasi, ta’mini yo‘qotadi va iste’molga yaroqsiz hisoblanadi. Bu haqda Sanepidqo‘mita xabar berdi.
Qayd qilinishicha, ushbu mahsulotlarning ozuqaviy qiymati ham pasayadi. Ular zaharlanishga olib kelmasa-da, barcha foydali xususiyatlarini yo‘qotadi va eriganidan so‘ng, saqlash muddati keskin kamayadi.
«Umumiy ovqatlanish korxonalariga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyena talablari»ga ko‘ra, muzlab erigan va qayta muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlatishga ruxsat berilmagan.
Har bir oziq-ovqat mahsuloti texnik jihatdan tartibga solish hujjatlariga — SanQvaN, GOST (davlat standarti), tashkilot standartiga asosan saqlanishining muayyan talablari belgilangan. Ya’ni, har bir mahsulot qoida va normalarda belgilangan ma’lum harorat va havoning nisbiy namligida saqlanishi lozim.
Mavzuga oid
20:28 / 18.06.2026
Sanepidqo‘mita qovun va tarvuz tanlash qoidalarini eslatdi
10:45 / 17.06.2026
Muddati o‘tgan mahsulotlarni sotganlik uchun jarimalar oshirilishi mumkin
16:35 / 15.06.2026
«Sotilgan tovar qaytarib olinmaydi». Bu qonuniy talabmi?
17:44 / 02.06.2026