Toshkentda jinoyat sodir etganlikda gumonlanib yana 6 kishi ushlandi
Jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov davom etmoqda.
Poytaxtda Toshkent shahar IIBB va hamkor tashkilotlar tomonidan o‘tkazilayotgan tezkor-profilaktik tadbirlarning “Dolzarb qirq kunligi” doirasida bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlangan shaxslar ushlandi.
Ushbu shaxslar Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergov qilinayotgan jinoyat ishi bo‘yicha gumon qilinuvchi tarzida jalb etilgan:
1. 1988 y.t. Otabek Islomov (Jinoyat kodeksi 165-moddasi tovlamachilik; 168-moddasi firibgarlik);
2. 1988 y.t. Azamat Salimbekov (Jinoyat kodeksi 165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik);
3. 1988 y.t. Shuhrat Minovarov (Jinoyat kodeksi 165-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan tovlamachilik, 168-modda firibgarlik);
4. 1992 y.t. Shavkat Minovarov (Jinoyat kodeksi 165-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan tovlamachilik);
5. 1977 y.t. Marat Urazov (Jinoyat kodeksi 168-moddasi 3-qismi, ko‘p miqdorda firibgarlik);
6. 1992 y.t. Abduqodir Isaxunov (Jinoyat kodeksi 277-moddasi 3-qismi, bezorilik, 168-moddasi firibgarlik).
Jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov davom etmoqda.
"Hurmatli fuqarolar, agar siz ushbu shaxslardan yoki guruh a’zolaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz yoki ushbu shaxslarning jinoiy xatti-harakatlari bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 telegram raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi", deyiladi IIBB xabarida.
Mavzuga oid
18:52 / 23.11.2024
Prezident Toshkentda «Xushnud» mahallasi aholisi bilan uchrashdi
16:37 / 23.11.2024
Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkor - iqtisodiyot poydevori, davlat tayanchi
10:51 / 23.11.2024
Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
17:02 / 22.11.2024