Toshkentda uch mahbus qochib ketdi, ulardan biri qo‘lga olingan
18 dekabr kuni Toshkent shahrida og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda gumonlanib hibsga olingan 3 nafar shaxs qochib ketgani haqida e’lon berildi.
Ayni vaqtda keng ko‘lamli qidiruv ishlari olib borilmoqda, postlarda har bir avtomobilni sinchiklab tekshirish boshlangan.
Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berishicha, qidiruv ishlari natijasida qochib ketganlardan bir nafari – 1982 yilda tug‘ilgan Rustamjon To‘lanboyevich Umarov qo‘lga olingan.
Quyidagi 2 nafar shaxs esa qidirilmoqda:
1. 1990 yilda tug‘ilgan Akromjon Baxtiyorovich Abdullayev;
2. 1995 yilda tug‘ilgan Tohirjon Hakimboy o‘g‘li Pattayev.
«Hurmatli fuqarolar, agar siz ushbu shaxslarni ko‘rsangiz yoki ular haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz zudlik bilan Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 98-364-02-03 telegram raqamiga xabar berishingiz so‘raladi. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
16:48 / 17.11.2024
Italiyalik tadbirkor o‘g‘irlab ketilishini uyushtirgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi
22:22 / 16.11.2024
Xitoyda imtihondan o‘ta olmagan talaba ommaviy qirg‘in uyushtirdi
17:25 / 11.11.2024
Qozog‘istonda xotinkush Bishimbayev koloniyadan qochib ketgani rad etildi
17:11 / 24.10.2024