O‘zbekiston | 12:39 / 21.12.2023
6012
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Eron bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvalini muhokama qildi

O‘zbekiston TIV rahbarining o‘rinbosari va Eron elchisi bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvalini ko‘rib chiqdi.

Foto: Anvar Ilyosov

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Bahrom A’loyev Eron elchisi Muhammad Ali Iskandariy bilan uchrashdi.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb mavzular, jumladan, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar O‘zbekiston-Eron munosabatlarining joriy masalalarini hal etish uchun amaliy aloqalarni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali ham ko‘rib chiqildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid