Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa sudi Abramovichning YeI sanksiyalari bo‘yicha da’vosini rad etdi
Roman Abramovich o‘zining sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilishini asosiy huquqlari buzilishi deb atadi. Uning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi uning faoliyatini baholashda aniq xatolikka yo‘l qo‘ygan.
Lyuksemburgdagi Yevropa sudi 20 dekabr, chorshanba kuni rossiyalik multimilliarder-tadbirkor Roman Abramovichning Ukraina urushi fonida Yevropa Ittifoqining uni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritish qarori ustidan bergan shikoyatini rad etdi. Sud qarorida ta’kidlanishicha, sanksiyalar qo‘llash haqidagi qaror xato bo‘lmagan, chunki Abramovich Rossiya iqtisodiyotida muhim rol o‘ynaydigan Evraz metallurgiya holdingining eng yirik aksiyadori hisoblanadi. Yevropa sudi, shuningdek, Yevropa Ittifoqiga kirishni taqiqlash, boshqa narsalar qatori, Portugaliya fuqaroligiga ega bo‘lgan Abramovichning huquqlarini buzayotganiga ham rozi bo‘lmadi. Lyuksemburg sudi bu cheklovni mutanosib deb hisobladi.
Roman Abramovich 2022 yilning mart oyida rossiyalik amaldorlar, taniqli biznesmenlar va oligarxlar bilan birga Yevropa Ittifoqining qora ro‘yxatiga kiritilgan edi. Yevropa Ittifoqi uning «RF rahbariyati bilan uzoq yillik aloqalarga ega» ekani va «rahbariyat bilan juda yaxshi munosabatlarni saqlab qolganini» bildirdi.
YeI ma’lumotlariga ko‘ra, bu aloqalar magnatga «katta boyligini saqlab qolish» imkonini bergan va shuning uchun «u Qrim yoki Ukrainadagi vaziyat uchun mas’ul bo‘lgan Rossiya rahbarlaridan foyda ko‘rgan». Yevropa Ittifoqi, shuningdek, Abramovich Rossiyaning yetakchi biznesmenlaridan biri sifatida «Rossiya hukumati uchun muhim daromad manbayi» bo‘lganini ta’kidladi.
Roman Abramovichning da’vosi
Roman Abramovich o‘tgan yil may oyida o‘ziga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni bekor qilish uchun YeI ustidan sudga murojaat qilgan. Uning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi qarorida «aniq xato» bor va uni ro‘yxatga kiritish «asosiy huquqlari buzilishi» hamda Yevropa Ittifoqi qonunchiligida mustahkamlangan asosiy huquqlariga «aralashuv»dir.
Shuningdek, Yevropa sudi hujjatlaridan ma’lum bo‘lishicha, Abramovich obro‘siga putur yetkazilgani sabab sotilgan Londonning «Chelsi» futbol klubi bo‘yicha bitim munosabati bilan yaratilgan, mojarolar qurbonlariga mo‘ljallangan xayriya jamg‘armasiga YeIdan 1 million yevro o‘tkazishni so‘ragan.
«Chelsi»ning sotilishi va xayriya jamg‘armasi
O‘tgan yilning may oyida «Chelsi» Todd Boli boshchiligidagi egalik guruhiga 5 milliard dollarga sotilgan edi. Shundan 3,08 milliard dollar Abramovichning xayriya jamg‘armasiga o‘tkazib berilgan.
O‘tgan hafta Buyuk Britaniyaning Yevropa ishlari bo‘yicha kotibi Leo Dokerti sotuvdan tushgan mablag‘ Buyuk Britaniya bank hisobvarag‘ida muzlatilganini, hukumat esa «mustaqil ekspertlar tomonidan pulni boshqarish uchun asos yaratish jarayonidan o‘tayotganini» aytdi.
Dokertining so‘zlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya hukumati bu pullarni imkon qadar tezroq Ukrainaga yordam berish uchun ishlatilishini istaydi. Roman Abramovich, Yevropa Ittifoqi sanksiyalar ro‘yxatidan tashqari, Buyuk Britaniyaning sanksiyalar ro‘yxatida ham qayd etilgan.
Mavzuga oid
20:04 / 08.06.2026
Kiyevga Zelenskiy bilan uchrashuvga borgan rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich bo‘lib chiqdi
08:58 / 04.06.2026
Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi yo‘lida muhim qadam tashlandi
19:55 / 29.05.2026
Yevropa Ittifoqi Temu’ni 200 mln yevro jarimaga tortdi
08:47 / 28.05.2026