O‘zbekiston | 21:40 / 22.12.2023
13501
2 daqiqa o‘qiladi

Markaziy Osiyo davlatlarida elektr energiyasi tarifi taqqoslab ko‘rildi

Eng qimmati Qozog‘istonda, eng arzoni Turkmanistonda ekani ma’lum bo‘ldi. 

Foto: Kun.uz

Markaziy Osiyo davlatlari ichida Qozog‘iston elektr energiyasining eng yuqori tarifiga ega. Bu haqda Asia-Plus tadqiqotida ma’lumot keltirilgan. 

Nashr narxlarni taqqoslash oson bo‘lishi uchun hisob-kitobni AQSh dollarida olib borgan. 

Qayd qilinishicha, Qozog‘istonda 1 KVt⋅s elektr energiyasining narxi 4,8 sentga teng va bu Markaziy Osiyo davlatlari ichida eng yuqori tarif. 

Undan keyingi o‘rinni Tojikiston egallagan – 2,4 sent. 2024 yil 1 yanvardan bu mamlakatda elektr enegriyasi narxi 2,8 sentga ko‘tariladi. 

Uchinchi o‘rinda O‘zbekiston qayd etilgan – 2,3 sent. 

To‘rtinchi o‘rinni Qirg‘iziston egallagan. Bu mamlakatda 1 KVt⋅s elektr energiyasining narxi 1 sentga teng. 

Asia-Plus nashri Turkmaniston bo‘yicha ma’lumotlarni keltirmagan. Ammo ochiq manbalardagi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkmanistonda aholi uchun tabaqalashgan tariflar amal qiladi. Jumladan, oyiga 350 KVt⋅s elektr enegriyasi bepul taqdim etiladi, 351-700 kVt⋅s oralig‘idagi iste’mol uchun 1 kVt⋅s elektr energiyasi 37 sentdan, undan ortig‘i 74 sentdan tariflanadi.

Mavzuga oid