Iqtisodiyot | 07:52 / 25.12.2023
17999
3 daqiqa o‘qiladi

Koreya Sirdaryoda elektronika mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin

Sirdaryo viloyati delegatsiyasining Janubiy Koreyaga tashrifi chog‘ida samarali kelishuvlarga erishildi.

Foto: Dunyo AA

Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari Bahodir Botirov boshchiligidagi delegatsiya Koreya Respublikasiga amaliy tashrifi doirasida ushbu mamlakatning bir qator kompaniyalari va oliy ta’lim muassasasi rahbariyati bilan samaralari muzokaralar o‘tkazdi.

«Dunyo» xabariga ko‘ra, DHMT Global korporatsiyasi prezidenti Te Suk Li bilan muloqot chog‘ida mazkur korporatsiya bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Muzokara yakunida viloyatning Mirzaobod tumanida Komt brendi ostida elektronika va mikro-elektronika yo‘nalishida korxona barpo etish bo‘yicha investitsion kelishuvga erishildi.

Kelishuvga muvofiq, qurilish ishlari 2024 yil fevraldan iyul oyiga qadar davom etadi. Ishlab chiqarish jarayonlariga 3 nafar koreyalik tajribali ekspert va mahalliy mutaxassislar jalb qilinadi. Shuningdek, korxonaning o‘zida ishsiz yoshlar servis xizmatiga o‘qitiladi. Mahsulotlarni to‘liq eksportga yo‘naltirish rejalashtirilmoqda.

Evervolution So. kompaniyasi direktori Jung Te Kun bilan bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida Guliston tumanidagi foydalanilmay turgan va o‘zlashtiriladigan yerlarda Janubiy Koreya tajribasi asosida qiymati 12 million dollarlik yangi zamonaviy intensiv gilos bog‘i yaratish bo‘yicha memorandum imzolandi.

Koreyaning eng ilg‘or oliygohlaridan biri bo‘lgan Sun moon universiteti prezidenti Seon Ju Xvan hamda universitet ilmiy jamoasi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda viloyat iqtisodiyoti va sanoat tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha muhim vazifalarni hal etishga qodir bo‘lgan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Seon Ju Xvan hamkorlik aloqalarini «Chungnam – Markaziy Osiyo mintaqaviy innovatsion iste’dodlarni rivojlantirish loyihasi»ning davomi sifatida kengaytirishga tayyorligini aytdi.

Viloyatda Sun moon universiteti ta’lim standartlari asosida kadrlar tayyorlash, koreyalik professor-o‘qituvchilarni Sirdaryoga jalb qilish, birgalikda ilmiy forumlar tashkil etish, qo‘shma tadqiqot va ishlanmalarni yo‘lga qo‘yish kabi masalalarda ham hamkorlik kelishuviga erishildi.

Mavzuga oid