Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan milliy liboslar Kuvayt bozoriga sotiladi
O‘zbekistonning Kuvaytdagi elchixonasida Gulf Mysore general trading company W.L.L kompaniyasi ijrochi direktori Anupam Jayn bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
«Dunyo» xabariga ko‘ra, unda O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni xorijiy davlatlarga eksport hajmini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi.
Anupam Jayn kompaniyaning Kuvaytda bir necha savdo tarmoqlari mavjudligini ta’kidladi.
- Biz O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida joriy yilning oktabr-noyabr oylarida O‘zbekistondan umumiy qiymati 15 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan 500 dona kashta va so‘zana kabi milliy liboslarni import qildik, – dedi u. – Hozirgi kunda paxta va ipakdan tayyorlangan 5000 dona tayyor kiyimlarni xarid qilish ustida ishlayapmiz. Mazkur xaridni amalga uchun kelgusi yil yanvar oyida O‘zbekistonga borishni rejalashtiryapmiz.
Gulf Mysore general trading company W.L.L kompaniyasi ijrochi direktori, shuningdek, O‘zbekistondagi fabrika va kompaniyalar rahbarlari bilan hamkorlikni yo‘lga quyish uchun muzokaralar o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
08:55 / 06.06.2026
Eron Kuvayt va Bahrayn tomon yettita ballistik raketa uchirdi
08:51 / 04.06.2026
Kuvaytda Eron hujumi oqibatida 1 kishi vafot etdi, o‘nlab insonlar jarohatlangan
12:06 / 03.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida zarbalar almashinuvi davom etmoqda
09:38 / 07.04.2026