Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
31 dekabrda Toshkent metrosi barcha yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi
2023 yil 31 dekabr kuni Toshkent metrosining to‘liq faoliyat ko‘rsatishi vaqti davomida barcha yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatiladi. Bu hukumat tashabbusi bilan amalga oshiriladi.
2023 yil 31 dekabr sanasida Toshkent metropolitenining to‘liq faoliyat ko‘rsatishi vaqti davomida barcha yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatiladi.
«Toshkent metropoliteni» ma’muriyati xabariga ko‘ra, bu hukumat tashabbusi bilan amalga oshiriladi.
Qayd etilishicha, yaqinlashib kelayotgan dam olish kunlari va yangi yil munosabat bilan metro yo‘lovchilariga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsad qilingan.
Bundan oldin «Toshkent metropoliteni» ma’muriyati Toshkent metrosi dam olish kunlari qay tartibda ishlashi to‘g‘risida ma’lumot bergandi.
2023 yil 31 dekabr, yakshanba - dam olish kunida metro poyezdlari harakati doimiy jadval asosida amalga oshiriladi.
Ish vaqtining tugashi 1 soatga uzaytiriladi, ya’ni barcha metro bekatlari 31 dekabr soat 05:00 dan 1 yanvar soat 01:00 gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.
Qo‘shimcha dam olish kunlarida (2023 yil 30 dekabr, 2024 yil 1-2 yanvar) metro poyezdlari yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida, soat 05:00 dan 00:00 gacha harakatlanadi.
Mavzuga oid
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
11:40 / 08.06.2026
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
09:10 / 07.06.2026