Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda go‘dak farzandini azoblagan erkakka jinoyat ishi ochildi
U muttasil ravishda bolasini azoblab kelgani ta’kidlanmoqda.
Jizzaxda go‘dak farzandini qiynagan, hayoti va sog‘lig‘ini xavfga soluvchi harakatlar qilgan erkakka nisbatan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova xabar berdi.
Aniqlanishicha, «insoniylikka mutlaqo zid jinoiy harakatlar» Jizzax shahrida yashovchi ota tomonidan farzandiga nisbatan muttasil ravishda sodir etilgan. Bu harakatlar tasivrlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.
Ta’kidlanishicha, bolaning onasi ichki ishlar organlariga murojaat qilgach, 20 dekabr kuni Jinoyat Kodeksining 110-moddasi (Qiynash), 112-moddasi (O‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish) va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi ochilgan.
Hozir tergov harakatlari olib borilayotgani ta’kilanmoqda.
Mavzuga oid
14:14 / 02.12.2025
Jizzaxda avtosanoat uchun kadrlar tayyorlaydigan muhandislik maktabi ish boshladi
12:48 / 02.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Jizzaxda yangi yo‘l o‘tkazgich va AES loyihalari bilan tanishdi
18:51 / 27.11.2025
Yevropa Ittifoqi bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini cheklashga chaqirdi
10:44 / 27.11.2025