Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Rossiyaga ultimatum qo‘ymoqchi
Rossiya shantaj va ultimatumga bo‘ysunmasligini ma’lum qildi.
Foto: president.gov.ua
Ukraina prezidenti devonining maslahatchisi Mixail Podolyak Ukraina Rossiya bilan tinchlik muzokaralarini olib bormasligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina rasmiylari Rossiya tomoniga ultimatum qo‘yishni rejalashtirmoqda.
«Hech qanday muzokaralar bo‘lmaydi. Rossiyaga eng yuqori darajada ultimatum talablari qo‘yiladi va Rossiya ularni qabul qiladi», dedi Podolyak.
U bu holat urushning obektiv rivojlanishi ekanini qo‘shimcha qildi.
«Bu katta, keng ko‘lamli, shiddatli, qiyin, qonli urush. Barcha resurslar jalb qilingan. G‘arblik hamkorlarimiz esa muhokamalarga qaramay, bundan ham ko‘proq resurslarni jalb qiladi», dedi Podolyak.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova Mixail Podolyakning bayonotlarini izohlar ekan, «Rossiya hech qachon ultimatum yoki shantajga bo‘ysunmagan», dedi.
«Qilich yoki granata bilan kelganlarning hammasi haydab yuborilgan», deb yozdi Zaxarova.
23 dekabr kuni The New York Times Rossiya va G‘arb rasmiylariga tayanib, Rossiya prezidenti Vladimir Putin vositachilar orqali Ukrainada yangi hududlarni saqlab qolishi sharti bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarni boshlashga tayyorligini bildirayotgani haqida xabar berdi.
14 dekabr kuni «Yil yakunlari» chog‘ida Vladimir Putin: «O‘z maqsadlarimizga erishganimizda tinchlik bo‘ladi», dedi.
Shu bilan birga, Oliy Radadagi «Xalq xizmatkori» fraksiyasi rahbari David Araxamiya Ukraina siyosiy va harbiy rahbariyati muzokaralardagi yomon pozitsiya tufayli Rossiya bilan jangovar harakatlarni davom ettirish tarafdori ekanini aytdi.
Mavzuga oid
15:49 / 06.02.2026
Finlandiya AQShni Ukrainaga kafolatlarni ehtiyotkorlik bilan ta’riflashga chaqirdi
13:46 / 06.02.2026
Kiyevda 1100 dan ortiq uy kamida ikki oy issiqliksiz qoladi
12:25 / 06.02.2026
Abu-Dabida Ukraina, Rossiya va AQSh o‘rtasidagi muzokaralar yakunlandi
11:06 / 06.02.2026