Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AI-80 benzinini aksiz solig‘idan ozod etish muddati yakunlandi
AI-80 markali benzin uchun aksiz solig‘iga vaqtinchalik nol stavka qo‘llash davri 2023 yil 31 dekabr kuni yakuniga yetdi. 1 yanvardan UNG Petro shoxobchalarida bu markadagi benzin 6800 so‘mdan sotilmoqda.
Ochiq manbalardan olingan surat
O‘zbekistonda mahalliy ishlab chiqarilgan va import qilingan AI-80 markali benzinga nisbatan aksiz solig‘ining nol stavkasini qo‘llash bo‘yicha vaqtinchalik tartib muddati 2023 yil 31 kuni yakunlandi.
Bu imtiyoz metan-shoxobchalarga cheklovlar kiritilgani sabab benzinga talab oshgani munosabati bilan 2022 yil 13 dekabrdan boshlab joriy etilgan va avvaliga 2023 yil 1 martgacha deb belgilangan edi. Keyinroq imtiyoz muddati yil oxirigacha uzaytirilgandi.
Energetika vazirligidan Kun.uz'ga ma’lum qilinishicha, aksiz solig‘i bo‘yicha imtiyozli davr yakuniga yetgach, 1 yanvardan e’tiboran “O‘zbekneftgaz”ga qarashli UNG Petro shoxobchalarida AI-80 benzini 6800 so‘mdan sotila boshlangan.
Xususiy AYoQShlarda esa ushbu markadagi benzin bundan qimmatroq narxda sotilmoqda. Vazirlik xususiy shoxobchalardagi narxni 8000 so‘mdan oshirmaslik bo‘yicha huquqiy mexanizm joriy etish yuzasidan hukumatga taklif kiritgan.
“O‘zbekneftgaz” ma’lumotiga ko‘ra, import qilinadigan va mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan avtobenzin uchun aksiz solig‘i stavkasi 1 tonna uchun 303 ming so‘m; yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilinadigan avtobenzinning soliq stavkasi 1 tonna uchun 565 ming so‘m yoki bir litr uchun 425 so‘m deb belgilangan.
Mavzuga oid
20:14 / 18.04.2026
Yoqilg‘i xarajatiga 3 foizgacha komissiya minyapti. Farg‘onadan reportaj
23:08 / 09.04.2026
“Vaqt yo‘qotyapmiz” - haydovchilar zapravkalarda naqd to‘lovning to‘xtatilgani haqida
09:04 / 03.04.2026
Rossiya benzin eksportini iyul oxirigacha to‘xtatdi
14:51 / 31.03.2026