2024 yilning ilk daqiqalarida Surxondaryoda uch nafar egizak tug‘ildi
Egizaklar bir nafar o‘g‘il bola va ikki nafar qiz bo‘lib, hozirda ona va bolalarning holati yaxshi ekani aytilmoqda.
2024 yil 1 yanvar kunining ilk daqiqalarida Surxondaryo viloyati 1-perinatal markazida uch nafar egizak tug‘ilgan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Sherobod tumanida yashovchi Xadicha Hakimova bir o‘g‘il, ikki qizni dunyoga keltirgan. O‘g‘il chaqaloqning vazni 2 kg 550 gr, qizlar 2 kg 170 gr va 2 kg 80 gr og‘irlikda tug‘ilgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati 2024 yilning 1 yanvar kuni dunyoga kelgan jami go‘daklar sonini ma’lum qildi – 1859 nafar. Shundan 847 nafari qiz, 1012 nafari o‘g‘il.
Eng ko‘p tug‘ilish:
Farg‘ona viloyati – 160 nafar;
Samarqand viloyati – 127 nafar;
Qashqadaryo viloyati – 115 nafar;
Namangan viloyati – 105 nafar;
Andijon viloyati – 97 nafarni tashkil etgan.
Eng kam tug‘ilish esa Navoiy viloyatida – 11 nafar bo‘lgan.
Qayd etilishicha, tug‘ilganlarning 12 nafari egizak bo‘lgan.
“Ayni paytda shifokorlarimiz go‘daklarning barchasiga belgilangan standartlar bo‘yicha sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
21:33
Xitoy Surxondaryodagi mis va kumush konlariga 2,7 milliard dollar investitsiya taklif qilmoqda
14:50 / 21.11.2024
Kuvayt O‘zbekistonda Ona va bola klasterini tashkil etadi
11:53 / 13.11.2024
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda sezildi
08:15 / 13.11.2024