Jahon | 20:54 / 05.01.2024
10437
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda sudlanuvchi hukm chiqarayotgan sudyaga hujum qildi 

U kutilmaganda sudyaga tashlanib, bir necha zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. 

Qo‘shma Shtatlarda sudlanuvchi tayinlangan hukmga rozi bo‘lmagan holda sudyaga mushtlari bilan tashlandi. U ilgari zo‘ravonlik bilan bog‘liq boshqa jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa-da, sinov muddati tayinlanishiga umid qilayotgan edi. 

Las-Vegas sudi sudyasi Meri Kay Holtus sudlanuvchi Deobra Delone Reddanga zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyat uchun hukm chiqarayotganda hujumga uchradi.

Holtus uni shartli sinov muddati belgilashdan va garov evaziga qo‘yib yuborishdan bosh tortganini e’lon qilganida Reddan uni la’natlay boshladi va keyin stoldan sakrab, unga tashlandi.

Sud xodimlari va advokatlar erkakni ushlab qolishga harakat qilishdi, biroq u hayratda qolgan sudyaga bir necha marta zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Sudya yengil tan jarohati oldi, ammo shifoxonaga yotqizishni talab qilmadi.

Endi sudlanuvchiga yangi ayblovlar qo‘yilgani ta’kidlanmoqda. Ilgari u zo‘ravonlik, talonchilik va mulkka zarar yetkazishda ayblangan.

Mavzuga oid