Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘yliq ulgurji bozori rekonstruksiya sabab yopiladi
Poytaxtning barcha bozorlariga mahsulotlarni asosiy yetkazib beruvchisi bo‘lgan Toshkent qishloq xo‘jalik mahsulotlari ulgurji bozorida rekonstruksiya ishlari boshlanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, bozorga olib kelinayotgan mahsulotlar bozor hududiga sig‘may, atrofidagi hududlarda, shu jumladan Chirchiq kanali bo‘yida tartibsiz savdo amalga oshirilayotgani hamda bozor hududiga kuniga 600 dan ortiq yuk mashinalari kirib-chiqishi avtomobil yo‘llarning tirbandligiga asosiy sabab bo‘lmoqda va aholiga jiddiy noqulayliklar yaratmoqda.
Rekonstruksiya davrida tadbirkorlar o‘z faoliyatini «Fud Siti», «Toshkent indeks» va boshqa savdo majmualarida tashkil etilgan sharoitlarda davom ettirishi taklif qilinadi.
Bunda, tadbirkorlar mulklarini ko‘chirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar (transport, yuklash, tushirish va boshqalar) bepul amalga oshiriladi hamda savdo majmualaridagi do‘konlar uchun ijara to‘lovlaridan 3 oy muddatga ozod qilinadi.
Aholiga qulay sharoit yaratish maqsadida «Qo‘yliq» massividan bozor hududigacha yo‘lkira olinmaydigan 10 ta avtobus yo‘nalishga qo‘yilib, jamoat transporti uchun shoh bekat tashkil qilindi va shaharning barcha yo‘nalishlarga chiqish imkoni yaratildi.
Bozorda faoliyat yuritayotgan 144 nafar ishchi-xodimlar «Fud Siti» va «Toshkent indeks» savdo majmualarida ish bilan ta’minlanadi.
Mavzuga oid
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
11:40 / 08.06.2026