G‘arb davlatlarida Rossiya prezidenti saylovlari o‘tkazilmasligi mumkin
«Do‘st bo‘lmagan» mamlakatlarda ovoz berishning ehtimoliy bekor qilinishi sababini gazeta manbalari xavfsizlik muammolari va konsullik xodimlari sonining qisqarishi bilan izohlamoqda.
Ba’zi «do‘st bo‘lmagan» davlatlar hududidagi Rossiya konsulliklarida Rossiya prezidenti saylovi uchun saylov uchastkalari tashkil etilmaydi. Bu haqda 9 yanvar, seshanba kuni diplomatik doiralardagi manbaga tayanib, «Vedomosti» xabar berdi. Manba so‘zlariga ko‘ra, gap Rossiya hukumatining tegishli ro‘yxatiga kiritilgan mamlakatlarning (49 ta) salmoqli qismi haqida ketmoqda. Biroq, gazeta suhbatdoshining ta’kidlashicha, bu masala bo‘yicha yakuniy qaror hali qabul qilinmagan, maslahatlashuvlar davom etmoqda.
Rossiya Markaziy saylov komissiyasi a’zosi Pavel Andreyev nashrga mamlakatlarning ovoz berish uchun qamrovi hali aniqlanmaganini, xorijda saylov uchastkalarini shakllantirish muddati 24 yanvar ekanligini, ammo komissiya saylov sanasidan besh kun oldin tegishli qarorlar qabul qilish huquqiga egaligini tasdiqladi. «Do‘st bo‘lmagan» mamlakatlarda ovoz berishning ehtimoliy bekor qilinishi sababini gazeta manbalari xavfsizlik muammolari va konsullik xodimlari sonining qisqarishi bilan izohlamoqda.
RF TIV: «do‘st bo‘lmagan» mamlakatlarda saylovlar bo‘yicha qaror yanvar oxirigacha qabul qilinadi
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi «do‘st bo‘lmagan» mamlakatlarda prezidentlik saylovlarini o‘tkazish bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganmoqda, ovoz berishni tashkil etish formati va amaliy jihatlari e’lon qilinadi, dedi TIV vakili Mariya Zaxarova RBK’ga.
«Biz davlatlardan xavfsizlikni ta’minlashni so‘raymiz va idoralararo o‘rganish natijalariga ko‘ra xorijda ovoz berishni tashkil etish sxemasi bo‘yicha qaror qabul qilinadi», dedi Zaxarova. U format va amaliy jihatlar taxminan yanvar oxiriga qadar e’lon qilinishini aytdi.
2018 yilgi prezidentlik saylovlarida 444 ming, 2012 yilda esa 442 ming kishi xorijda ovoz bergan, deb eslatadi «Vedomosti».
Mavzuga oid
23:24 / 13.11.2024
Rossiya hukumati yaralangan harbiylar uchun to‘lov tizimini o‘zgartirdi
20:43 / 13.11.2024
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi
19:33 / 13.11.2024
Rossiyada migrant bolalarning rus tilini bilish darajasi tekshirilishi mumkin
17:53 / 13.11.2024